1 000 so‘mlik tovarlar

Tovarni 1000 so‘mga olish uchun

  • 1Savatga 225 000 so‘mlik tovarlar qo‘shing
  • 21000 so‘mlik tovarni qo‘shing
  • 3Uzum kartasi bilan to‘lang

Aksiyadagi tovarlarning soni cheklangan va ular juda tez sotilib ketadi. Lekin yangi tovarlar har kuni chiqadi — to‘plamni kuzatib boring.

Xarid qilishga ulgurish uchun Uzum kartasini oldindan to‘ldirishni tavsiya qilamiz

Savollarga javob beramiz

Savatga chegirmalar va promokodlar qo‘llangandan keyingi umumiy narxi kamida 225 000 so‘m bo‘lgan tovarlarni qo‘shing. Bunda aksiyadagi tovar hisobga olinmaydi. So‘ng maxsus aksiya to‘plamidan tovar qo‘shing va buyurtmani rasmiylashtirishda Uzum kartasi bilan to‘lashni tanlang. Barcha shartlar bajarilsa, chegirma avtomatik qo‘llanadi

1 000 so‘mlik tovarlarni 2026-yil 11-noyabrdan 26-noyabrgacha, shu jumladan 26-noyabr kuni ham xarid qilish mumkin

Maxsus aksiya to‘plamidan. Assortiment har kuni yangilanadi. Tovarlarni zaxira tugaguncha xarid qilish mumkin.

Yo‘q. 1 000 so‘mga faqat amaldagi aksiya to‘plamiga kiritilgan tovarni sotib olish mumkin

Barcha chegirmalar va promokodlar qo‘llangandan keyin aksiyadagi tovardan tashqari qolgan tovarlarning umumiy narxi hisobga olinadi. Yetkazib berish va xizmat haqlari bu summaga kirmaydi. Aksiyadagi tovarning amaldagi to‘liq narxi ham hisobga olinmaydi

Yo‘q. Qolgan tovarlarning barcha chegirmalardan keyingi umumiy narxi kamida 225 000 so‘m bo‘lishi kerak. Masalan, savatdagi barcha tovarlar jami 225 000 so‘m tursa, aksiyadagi tovarning odatiy narxi esa 25 000 so‘m bo‘lsa, shart bajarilmaydi: hisobga faqat 200 000 so‘m olinadi

Ha. Ularning chegirmalar qo‘llangandan keyingi yakuniy narxi hisobga olinadi

Yo‘q. Shart bajarilishi uchun faqat tovarlarning chegirmalardan keyingi umumiy narxi hisobga olinadi. Yetkazib berish narxi bu summaga kirmaydi

Ha. Promokodni qo‘llash mumkin, ammo minimal summa u qo‘llangandan keyin tekshiriladi. Agar aksiyadagi tovardan tashqari qolgan tovarlarning chegirmalardan keyingi umumiy narxi 225 000 so‘mdan kam bo‘lib qolsa, tovarning aksiya narxi bekor qilinadi

Yo‘q. Barcha shartlar bajarilsa, tizim buyurtmani rasmiylashtirishda aksiya narxini avtomatik qo‘llaydi

Ha. 1 000 so‘mlik aksiya narxi faqat ilova yoki saytda Uzum kartasi bilan to‘langanda qo‘llanadi

Yo‘q. 1 000 so‘mlik aksiya narxi faqat Uzum Market ilovasi yoki saytida Uzum kartasi bilan to‘lash usuli tanlanganda qo‘llanadi

Yo‘q. 1 000 so‘mlik tovar taklifidan foydalanish uchun Uzum kartasi bilan to‘lashni tanlash kerak

Buyurtmaning umumiy summasidan qat’i nazar, faqat bitta tovar

Yo‘q. Bitta buyurtmada 1 000 so‘mlik aksiya narxi faqat eng arzon tovarga qo‘llanadi

1 000 so‘mlik narx ular orasidagi eng arzon tovarga qo‘llanadi. Qolgan tovarlar buyurtmada odatiy narxda qoladi

Savatda buyurtma bo‘yicha umumiy chegirma ko‘rsatiladi. Agar chegirma qo‘llanmagan bo‘lsa, aksiyadagi tovardan tashqari qolgan tovarlarning barcha chegirmalardan keyingi umumiy narxi kamida 225 000 so‘m ekanini, tanlangan tovar amaldagi aksiya to‘plamiga kirishini va to‘lov usuli sifatida Uzum kartasi tanlanganini tekshiring. Barcha shartlar bajarilgan bo‘lsa-yu, narx o‘zgarmasa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling

Savat, chegirmalar yoki to‘lov usuli har safar o‘zgarganda tizim shartlarni qayta tekshiradi. Agar qolgan tovarlarning chegirmalardan keyingi umumiy narxi 225 000 so‘mdan kam bo‘lib qolsa yoki boshqa to‘lov usuli tanlansa, tovar narxi odatdagi narxga qaytadi

Amaldagi aksiya to‘plamidan mavjud bo‘lgan boshqa tovarni tanlang. Assortiment va tovarlarning mavjudligi kun davomida o‘zgarishi mumkin; tugab qolgan tovar uchun aksiya narxini saqlab qolish yoki uning o‘rniga aynan o‘sha tovarni olish mumkin emas

Ha, agar ushbu kategoriyadagi tovarlarni qaytarishga ruxsat berilsa va qaytarish shartlari bajarilgan bo‘lsa. Qaytarish tasdiqlanganda, qaytariladigan summa qo‘llangan chegirma hisobga olingan holda chekdagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi

Yakuniy summa chekdagi ma’lumotlar va aksiya chegirmasining har bir tovarga taqsimlangan qismi asosida aniqlanadi. Shu sababli ayrim tovarlardan voz kechilganda, ularning odatiy narxi to‘liq qaytarilmaydi — qaytariladigan summa taqsimlangan chegirma hisobga olingan holda aniqlanadi

Uzum Market qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, buyurtma raqamini ko‘rsating. Mutaxassislar murojaatni ko‘rib chiqib, tovarni qaytarish yoki muammoni hal qilish tartibini tushuntiradi

Ha. 1 000 so‘mlik tovarlar soni cheklangan, ular tugab qolishi mumkin. Bir kunda aksiya narxida faqat bitta tovar sotib olish mumkin. Aksiyada har kuni qatnashish mumkin

Savat har safar o‘zgartirilganda, chegirmalar qo‘llanganda yoki bekor qilinganda, to‘lov usuli almashtirilganda hamda bevosita buyurtma yaratilishidan oldin