Ushbu nashrdan Sergey Borodinning «Звезды над Самаркандом» turkumiga kiruvchi uchinchi roman - «Молниеносный Баязет» hamda yozuvchi tugatishga ulgurmagan «Белый конь» romanining boblari o‘rin olgan.
Amir Temur o‘zining bepoyon saltanatiga yana bir yirik mamlakat - Xitoyni qo‘shib olishni rejalashtiradi. Yaqinda musulmonlarni shafqatsiz ta’qib qilgan imperator Tay-szun vafot etgan, uning vorisi esa hali taxtda mustahkam o‘rnashib ulgurmagan edi. Ammo jahongir hukmdorning xayolini Usmonli imperiyasining tobora kuchayib borayotgani band etadi. Sulton Boyazid Yildirim Sharqqa yurish boshlashdan oldin ortda xotirjam qoldirib ketish mumkin bo‘lgan hukmdor emas.
Xitoyni zabt etishdan avval Turkiyani bo‘ysundirish kerak. Amir Temurning qarorlari tufayli dunyo yana ko‘p qon va ko‘z yoshlariga guvoh bo‘ladi. Ammo osmondagi yulduzlar hukmdorlarning buyuk rejalaridan go‘yo istehzo bilan kulayotgandek...

