Til –insoniyat va jamiyat uchun aloqa quroli, hayot faoliyatini ta’minlovchi alohida ko‘prik hisoblanadi. Til sohasining turli jabhalari til tadqiqi bilan shug‘ullanadi.Xususan, leksikografiya sohasi ham har bir mamlakatning qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Globallashuv davrida yosh avlodni ma’naviy barkamol , umummilliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash talabi o‘quv lug‘atlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Yalpi axborotlashuv , texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydigan jarayondir.O‘quvchi kerakli ma’lumotni tez va qulay topish yo‘llarini izlaydi, o‘quv lug‘atlari uning Yoshi,qiziqishlari,dunyoqarashiga mos tuzilib,e’tiborni torta oladi. Lug‘atlar haqida fikr yuritilar ekanmiz, birinchidan, uning rang-barang ko‘rinishi lug‘atlarning milliy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Lug‘atlar hamisha inson -jamiyat -madaniyat xalqlarini birlashtirib turadi va madaniyatning bir bo‘lagi sifatida borliqni aks ettiradi. O‘quv lug‘ati tarixini o‘rganish harakatlari Yevropa tilshunosligida ham, rus tilshunosligida ham umumiy lug‘atchilik masalalarini o‘rganishdan ikki-uch asr keyin boshlangan. O‘quv lug‘atlarini ilmiy asosda o‘rganish XVII asrda birinchi ingliz leksikografi S.Jonson, XIX asr boshlarida fransuz tilshunoslari J.Dyubua, K.Dyubua, G.Matore, K.Bak, ispan tilshunosligida Y.Malkil ishlaridan boshlanadi. Keyinchalik rus tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog‘ini takomillashtirish davlat ahamiyatidagi masala sifatida kun tartibiga qo‘yiladi. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o‘laroq rus o‘quv lug‘atchiligi yuqori pog‘onaga ko‘tariladi va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. O‘quv lug‘atlarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib boshlang‘ich sinflarda o‘quv lug‘atlaridan foydalanishning nazariy asoslarini quyidagicha belgilash mumkin: o‘rta umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarda foydalaniladigan o‘quv lug‘atlari tahsil oluvchilarning yosh xususiyatlariga to‘g‘ri kelishi; lingvodidaktik xarakterga ega bo‘lishi;ta’limiy maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi; muayyan fan yoki o‘quv predmeti tarkibidagi mavzular mohiyatini chuqurroq ochishga mo‘ljallanganigi bilan boshqa lug‘atlardan ajralib turishi; boshlang‘ich sinf darsliklariga ilova tarzida yaratilishi;

