Til –insoniyat va jamiyat uchun aloqa quroli, hayot faoliyatini ta’minlovchi alohida ko‘prik hisoblanadi. Til sohasining turli jabhalari til tadqiqi bilan shug‘ullanadi.Xususan, leksikografiya sohasi ham har bir mamlakatning qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Globallashuv davrida yosh avlodni ma’naviy barkamol , umummilliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash talabi o‘quv lug‘atlarga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Yalpi axborotlashuv , texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydigan jarayondir.O‘quvchi kerakli ma’lumotni tez va qulay topish yo‘llarini izlaydi, o‘quv lug‘atlari uning Yoshi,qiziqishlari,dunyoqarashiga mos tuzilib,e’tiborni torta oladi. Lug‘atlar haqida fikr yuritilar ekanmiz, birinchidan, uning rang-barang ko‘rinishi lug‘atlarning milliy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Lug‘atlar hamisha inson -jamiyat -madaniyat xalqlarini birlashtirib turadi va madaniyatning bir bo‘lagi sifatida borliqni aks ettiradi.

