Kitobxonlarimiz bisotida bugungi kunda kitob haqidagi vazmin mulohazalar kam, ularning bir to'plam holida jamlangani esa barmoq bilan sanarli.
E'tiboringizga havola etilayotgan "Zulfiqor" nomi bilan chop etilayotgan taqrizlar, kichik esselar va iqtiboslardan jamlangan ushbu kitob Ilhom Salimovning hozirgi adabiy jarayonni sinchkovlik bilan kuzatayotganidan darak beradi.
Adabiy jarayon doimiy tahlil, tanqidga ehtiyoj sezadi. Shu ma'noda Ilhom Salimov va uning o'n mingda ortiq obunachiga ega bo'lgan "The Stranger" telegram kanalida muntazam yoritiladigan mavzular diqqatga sazovordir.
Bu mavzularni kitob holida chop etish orqali esa nashriyotimiz Ilhom Salimov kabi yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlaydi hamda kelgusida shu yo'nalishdagi kitoblarni muntazam chop etadi.
Nashriyot: Zabarjadmedia
Muallif: Ilhom Salimov
Sahifa: 272 bet
Muqova: Qattiq

