Tirs-tirs-tirs... Va mana, sabr kosang charchoq va muammolardan to‘lib-toshdi. Hozir boshingga to‘kilib ketadigandek go‘yo. Bunday pallada birorta xilvat joyga qochib ketging, ichingdagi bor dardni to‘kib solging, isinging, kuch to‘plaging va yashashda davom etging keladi.
Bu kitob xuddi katta va issiqqina mushukdek gap. Uni tezroq quchoqla, uning mayin xirillashi g‘am va charchog‘ingni haydab yuboradi. U senga ko‘plab ajoyib hikoyalarni so‘zlab beradi. Har tun osmonga yulduzlarni kim ilib chiqishi haqida. Umid qayerda yashirinishi haqida. Ba’zida barchamiz hayot chalqanchasiga ag‘darib, oyoqlarimizni osmonga qaratib qo‘ygan ojiz toshbaqalarga aylanib qolishimiz haqida. Va Koinotning sehrli yordam qo‘li allaqachon yo‘lga chiqqani haqida.
Uni shoshilmasdan o‘qi — butun dunyo albatta kutib turadi. So‘ngra esa o‘sha xilvat joyingdan chiqib, o‘z o‘rningni egalla. Sensiz bu olam huvullab qoladi.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing 📚
Xatcho‘p (zakladka) bonusga
To‘liq tavsifni o‘qing 😊

