Mis asosidagi ziraklar, ustiga 18 karat pushti tilla qoplama berilgan. Pushti metall bosiq ko'rinadi va umumiy ko'rinishni og'irlashtirmaydi, shuning uchun har kuni taqishga mos. Ularni ish koylagi, trikotaj va yozgi libos bilan taqish oson. Shu rangdagi uzuk qo'shilsa, komplekt yaxlit chiqadi. Parvarishi murakkab emas: ziraklarni ho'llamang, dush, uyqu va sportdan oldin yeching, taqib bo'lgach yumshoq mato bilan artib, alohida xaltachada saqlang.

