Ziraklar zargarlik misidan tayyorlangan, ustiga 14 karat sariq tilla yugurtirilgan. Yuzasi silliq, qoplamaning iliq sariq rangi kunduzi ham, kechqurun ham chiroyli ko'rinadi. Toshsiz model bo'lgani uchun har kunga mos: koylak, trikotaj yoki ish kiyimi bilan taqish qulay. Xuddi shu rangdagi bilaguzuk, zanjir yoki soat bilan yaxshi uyg'unlashadi. Qoplama uzoq saqlanishi uchun ziraklarni dush, sport va uy yumushlaridan oldin yechib qo'ying, atir va krem tegizmang. Quruq joyda, alohida xaltachada saqlang va yumshoq quruq mato bilan arting.

