• BIFOLAK® ZINCUM + C + D3 – bu yallig'lanish jarayonlariga qarshi kurashish va organizmni kompleks himoya qilish uchun zinc(sink), C, D3 vitaminlari va 8 xil shtammdagi probiotiklardan iborat kuchli kompleks.
• Infektsiyalar Kuch va chidamlilikni oshirish uchun jismoniy va sport yuklamalari
BIFOLAK® ZINCUM +C+D3
YALLIG'LANISH JARAYONLARI GA QARSHI KOMPLEKS KURASHISH HAMDA ORGANIZMNI HIMOYA QILISH UCHUN BESH KARRA KUCH
Inson tana a'zolari va tizimlarida turli yuqumli va yallig'lanish jarayonlari rivojlanishi bilan zinc (sink), D3, C vitaminlari tanqisligi va himoyalovchi immun hujayralari darajasining pasayishi isbotlangan, chunki ular sog'lom odamlarga qaraganda 3-4 baravar ko'p sarf qilinadi.
BIFOLAK® ZINCUM + C + D3 – bu yallig'lanish jarayonlariga qarshi kurashish va organizmni kompleks himoya qilish uchun zinc(sink), C, D3 vitaminlari va 8 xil shtammdagi probiotiklardan iborat kuchli kompleks.
TARKIBI
o Zinc (sink) - 25 mg;
o С vitamini - 200 mg;
o D3 - 2000 XB;
o Probiotiklar – 8 shtammdagi foydali bakteriyalar > 10 mlrd KHQB:
§ Bifidobacterium bifidum 175 va 108;
§ Bifidobacterium adolescentis 109;
§ Lactobacillus plantarum 174а;
§ Lactobacillus acidophilus 212;
§ Lactobacillus bulgaricus 210;
§ Propionibacterium avidum 261;
§ Streptococcus thermophilus 237.
o Prebiotiklar: Inulin, maltodekstrin;
Tarkibida hayvon tarkibiy qismlari, shu jumladan cho'chqa oqsili mavjud emas.
GMO, gluten, laktoza, bo'yoqlar va konservantlar mavjud emas. Bolalar, homilador, emizikli ayollar va diabetga chalinganlar qabul qilishi mumkin.
Vegan, halol, kashrut - ovqatlanish talablariga javob beradi
BIFOLAK® ZINCUM+C+D3 – zinc(sink), C, D3 vitaminlari, probiotiklar va prebiotiklar - 1 ta kapsulada!
FAOL SO’RILISH FORMULASI! HUJAYRALAR UCHUN QO’SHIMCHA ENERGIYA!
KOMPONENTLAR XUSUSIYATLARI:
Bifolak® ZINCUM+C+D3 tarkibidagi zinc(rux) sink sitrati organik shaklida mavjud bo'lib, u nojo’ya ta'sirlarsiz oson so'riladi. Zinc(sink) immunitetning tabiiy faollashtiruvchisi bo'lib, har bir bosqichda immun reaksiyasini tartibga soladi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko’rsatadi, nafas yo'llari, oshqozon-ichak yo’li, urogenital yo’llari va boshqalar shilliq qavatlarining shikastlangan hujayralarini tiklanishini ta'minlaydi.
C vitamini – epiteliy hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi, qon tomirlar devorlarini mustahkamlaydi, yallig'lanish paytida ularning o'tkazuvchanligini pasaytiradi, neytrofillarning fagotsitar faolligini oshiradi, antioksidant va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko’rsatadi.
D3 vitamini – tug'ma immunitetni kuchaytiradi, mikroblarga qarshi peptidlarni faollashtiradi, shilliq qavatlarda interferonlar ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Virusli-bakterial kasalliklarda va jarrohlik aralashuvlaridan keyin sog’ayishni tezlashtiradi.
Probiotiklar – 8 shtammdagi foydali bakteriyalar 10 milliard KHQB miqdorida:
· virusli va bakterial infeksiyalar, isitma tushiruvchi preparatlar va antibiotiklarni qabul qilish tufayli buzilgan ichak mikroflorasini normallashtirilishini ta'minlaydi;
· isbotlangan antagonistik xususiyatlari sabab patogen mikroblarni bartaraf etadi;
· ichakning holatini yaxshilash orqali butun organizmning immunitetini oshiradi, ichaklarda tanadagi barcha immun hujayralarining taxminan 80%i mavjud;
· zinc(sink), C va D3 vitaminlarining so’rilishini yaxshilaydi, ularning ta'sirini kuchaytiradi.
O'simliklardan olingan prebiotiklar – inulin, maltodekstrin:
· Probiotiklar uchun ozuqa muhitini yaratadi, ichak mikroflorasining normal muvozanatini saqlash orqali ichak holatini, ovqat hazm qilish va foydali moddalarning so'rilishini yaxshilaydi.
QO’LLANILISHI:
· Nafas olish, oshqozon-ichak, ginekologik, urogenital va boshqa infeksion va noinfeksion genezli yallig'lanish kasalliklari, jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlarda;
· Asoratlar xavfini kamaytirish, sog’ayishni hamda ish va odatiy turmush tarziga qaytishni tezlashtirish uchun.
QO’LLASH USULLARI:
15 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 kunda 1 kapsula.
Tavsiya etiladigan qabul qilish muddati 10-20 kun.
Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual ravishda belgilanishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Saqlash sharoiti: havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo'lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi bo’lib hisoblanmaydi.
Germaniyaning DQS (Deutsche Gesellschaft zur Zertifizierung von Managementsystemen) tomonidan sertifikatlangan sifat menejmenti tizimiga ega korxonada ishlab chiqarilgan.
GERMANIYANING BIOTACT DEUTSCHLAND GMBH LITSENZIYASI VA NAZORATI OSTIDA ISHLAB CHIQARILGAN.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan.
BIOTACT DEUTSCHLAND GmbH NEM e.V. a’zosi hisoblanadi (Yevropa nutritsevtiklari va salomatlik uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari assotsiatsiyasi).
Website: www.biotact.de, www.biotact.uz

