Maison D’or Bamboo Cotton qishki ko‘rpa to‘plami sovuq mavsum uchun mo‘ljallangan Premium modeldir. Tashqi matosi Bamboo Cotton bo‘lib, yumshoq, nafas oluvchi va tanaga yoqimli. Ichki qismi sifatli holofayber bilan to‘ldirilganligi sababli issiqlikni yaxshi saqlaydi, shaklini uzoq vaqt yo‘qotmaydi va yengil vaznga ega.
Ko‘rpaning old tomoni nafis klassik gul naqshlari bilan bezatilgan, orqa tomoni esa yo‘l-yo‘l dizaynda ishlangan. Ko‘rpa yuzasida ingichka tillarang krujeva bezagi mavjud bo‘lib, modelga hashamatli ko‘rinish beradi.
To‘plam tarkibidagi 2 ta yostiq jildining old tomoni gul naqshli, orqa tomoni yo‘l-yo‘l dizaynda tayyorlangan. Turli rang variantlarida mavjud bo‘lib, klassik va zamonaviy interyerlarga mos keladi.
To‘plam tarkibi:
• Qishki ko‘rpa — 200×230 sm (holofayber to‘ldiruvchili)
• Choyshab — 230×250 sm
• Yostiq jildi — 50×70 sm ×2

