• Tovar turi: Avtomobil uchun LED lampalar
• Vazifasi: yaqin nur, uzoq nur, asosiy faralar va tumanga qarshi chiroqlar uchun
• Yorug‘lik harorati: 6000K
• Yorug‘lik oqimi: 4500 LM
• Afzalliklari: yorqin nur, namlik, chang, qor va loyga chidamli, kuchlanish o‘zgarishidan himoya
Zimmer E8 PRO LED lampalar — avtomobil faralari uchun zamonaviy, yorqin va ishonchli yoritish yechimi. Ushbu model hashamdor ko‘rinishi, kuchli yorug‘ligi va ilg‘or texnologiyasi bilan ajralib turadi.
Zimmer E8 PRO LED lampalari 6000K oq yorug‘lik beradi. Bu qorong‘i yo‘llarda, yomg‘irli yoki tumanli ob-havoda ko‘rish masofasini yaxshilashga yordam beradi. 12–24V kuchlanish bilan ishlashi sababli yengil avtomobillar va ayrim yuk avtomobillari uchun ham mos keladi.
Ushbu LED lampalar so‘nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, barqaror ishlash, samarali sovutish va uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi. Kundalik foydalanish uchun qulay, yorug‘ligi kuchli va avtomobilga zamonaviy ko‘rinish beradi.
Mos keladigan avtomobillar:
H7 — yaqin va uzoq yoritish chiroqlariga mos:
Gentra Amerikanka — yaqin va uzoq yoritish faralariga tushadi.
Asl zavod farasiga tushmaydi.
Onix Premier — yaqin va uzoq yoritish faralariga tushadi.
Oddiy Onix va LTZ komplektatsiyasiga tushmaydi.
Tracker 2 — 1- va 2-pozitsiya modellari uchun yaqin va uzoq yoritish faralariga tushadi.
To‘liq komplektatsiyaga tushmaydi.
Nexia 2 — yaqin yoritish farasiga tushadi.
Lacetti 1.8 — yaqin yoritish farasiga tushadi.
Lada Vesta va Lada Xray — yaqin yoritish farasiga tushadi.
H11 — tuman chiroqlariga mos:
Nexia 2 va Nexia 3 — tuman chiroqlariga tushadi.
Gentra — tuman chiroqlariga tushadi.
Spark 2015–2019 — tuman chiroqlariga tushadi.
880 — tuman chiroqlariga mos:
Lacetti 1.8 — tuman chiroqlariga tushadi.
Cobalt — tuman chiroqlariga tushadi.
Damas — tuman chiroqlariga tushadi.
H1 — uzoq yoritish chiroqlariga mos:
Nexia 2 — uzoq yoritish farasiga tushadi.
Lacetti 1.8 — uzoq yoritish farasiga tushadi.

