Bu kitob islomiy savol-javoblar asosida tuzilgan, xalqimiz orasida eng ko‘p uchraydigan diniy savollarga Qur’on va Sunnat asosida aniq, dalilli javoblar berilgan ishonchli manba hisoblanadi.
📌 Asarda quyidagilar muhokama qilinadi:
-E’tiqod va aqidaga oid savollar
-Namoz, ro‘za, zakot, hajga doir muhim masalalar
-Oila, tarbiya, muomala, islomiy odoblar haqida savol-javoblar
-Zamonaviy muammolarga islomiy nuqtai nazardan yondashuv
📖 “Zikr ahlidan so‘rang” nomi Qur’on oyatidan olingan bo‘lib: «Agar bilmasangiz, zikr ahlidan (ya’ni, olimlardan) so‘rang» (Nahl surasi, 43-oyat). Shu sababli bu kitob diniy bilim olishni istaganlar, savollariga aniq va asosli javob topishni xohlovchilar uchun ayni muddao.

