📚 «Garri Kvebert ishi haqidagi haqiqat» romani 2012-yilda nashr etilib, darhol bestsellerga aylandi. Kitob Fransiyaning o‘zida juda katta nusxada sotildi, o'ttizdan ortiq tilga tarjima qilindi. Uning muallifi, yigirma yetti yoshli shveytsariyalik yozuvchi Joël Dikker, ushbu asari uchun Fransiya Akademiyasining Eng yaxshi roman mukofoti va Litsey o‘quvchilari Gonkur mukofoti bilan taqdirlangan.
🇺🇸 Syujeti kutilmagan burilishlarga boy ushbu roman voqealari AQShda bo‘lib o‘tadi. Yosh va muvaffaqiyatli yozuvchi Markus Goldman ijodiy inqirozga uchrab, ilhom izlab o‘z ustozi — mashhur yozuvchi Garri Kvebert huzuriga boradi. Biroq kutilmaganda Garri o‘zi yordamga muhtoj bo‘lib chiqadi: u 33 yil avval sokin amerikalik shaharchada sodir etilgan qotillikda ayblanadi.
🔍 Ustozini elektr stulidan qutqarish uchun Markus mustaqil tergov boshlaydi. U uzoq yillar yashirilgan sirlar, yolg‘onlar va taqdirning kutilmagan burilishlari bilan to‘qnashadi. Shu bilan birga, u bestseller yozishning 31 ta muhim sabog‘ini ham o‘rganadi.
📖 Yumshoq muqova
📄 Qog‘oz rangi: eko
📚 Sahifalar soni: 551
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing! 📚
🎁 Xatcho‘p — bonus sifatida!
😊 To‘liq tavsifni o‘qing!

