Gloriya Kouplend o‘zining " Salomatlik va uzoq umr ko‘rish yo‘li " nomli kitobida o‘quvchilarga Xudoning uzoq va baxtli hayot va’dasi har bir dindorga tegishli ekani to‘g‘risida Muqaddas Kitobga asoslangan ta’limotni taqdim etadi. Muallifning fikricha, Xudoning rejasi shundan iboratki, biz yer yuzida kamida 120 yil yashaymiz. Kitobda aytilishicha, Muqaddas Kitobga bo‘lgan ishonch tufayli keksalikda ham " serhosil, sersuv va tetik " bo‘lib qolish mumkin. ~~~ " Salomatlik va uzoq umr ko‘rish yo‘li " kitobi o‘quvchilarga Muqaddas Kitob me’yorlarini hayotda qo‘llashga yordam beradi. "Ruhiy antioksidantlar" va "Xudoning shifo va’dalari" kabi boblarda Gloriya har bir inson o‘z hayotida Xudoning ushbu g‘ayritabiiy va’dalarining bajarilishini e’lon qilishi mumkinligini aniq aytadi. Bu ilohiy salomatlik masalasiga mutlaqo yangicha qarashdir. Muallif shaxsan sizni unga qo‘shilishga va Xudo sizni osmonga chaqirmaguncha uzoq va baxtli yashashga taklif qiladi. "Xudo hali siz bilan ishlashni tugatmagan bo‘lsa kerak, - deb yozadi Gloriya. Ehtimol, siz Muqaddas Ruh maktabida ta’lim olgandirsiz. ~~~ Endi esa, Rabbimizga uzoq yillar xizmat qilganingizdan keyingina donolik va odamlarga baraka berish qobiliyatiga egadirsiz. Agar shunday bo‘lsa, demak, siz Xudoning qo‘shinida muhim jangchisiz." O‘z vazifangizni oxirigacha bajarishga qaror qiling, shunda siz Isoning oldiga borganingizda, U: "Yaxshi, mehribon va sodiq xizmatkor," deb ayta oladi. Uzoq, sog‘lom va baxtli hayot kechirishning ilohiy sirini kashf eting.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni 220
Kitobingizni yo‘qotmaslik uchun uni savatga qo‘shing 👇
Bonusga xatcho‘p kiritish
To‘liq tavsifni o‘qing😊

