Ushbu nafis aksessuarlar to‘plami zamonaviy va didli ayollar uchun yaratilgan. To‘plam tarkibiga 1 dona nafis qo‘l soati va 3 dona chiroyli braslet kiradi. Binafsha rangli soat siferblati toshchalar bilan bezatilgan bo‘lib, qo‘lga nozik va jozibali ko‘rinish beradi.
Brasletlar esa turli dizaynda: biri oltinrang elementli arqonsimon model, biri nafis toshli, yana biri yaltirab turuvchi bezakli variantda. Ushbu set kundalik foydalanish, ofis uslubi hamda bayramona obrazlar uchun mukammal tanlov bo‘ladi.

