Har bir ayol garderobida nafis va zamonaviy ko‘rinishni ta’minlaydigan pidjak bo‘lishi zarur. Sizga taqdim etilayotgan ayollar uchun tugmali pidjak esa nafaqat uslubingizni mukammal ko‘rsatadi, balki har bir qadamda o‘zingizni ishonchli va chiroyli his qilishingizga yordam beradi. Pidjak baxmal (barxat) matodan tikilgan bo‘lib, shaklni chiroyli ushlab turadi, matosi esa mustahkam. Pidjak pastki qismiga burmali shifon matosidan tikilgan bo'lib, kiyganda elegant ko'rinish beradi. Shuning uchun uni har qanday vaziyatga moslab kiyishingiz mumkin: ofisda, uchrashuvlarda, bayramlarda yoki oddiy kunlik kiyim sifatida. Ushbu pidjakning eng katta afzalliklaridan biri — vintage tugmali dizayni. Tugmalar libosga nafislik qo‘shib, pidjakni yanada jozibali ko‘rsatadi.

