Jek London — „Temir tovon“
Amerikalik mashhur adib Jek Londonning ijtimoiy-siyosiy janrdagi eng kuchli asarlaridan biri — „Temir tovon“ romani! Ushbu asar zulm, cheklanmagan hokimiyat va inson erkinligi o‘rtasidagi murosasiz shafqatsiz kurashni tasvirlaydi.
Roman kelajak jamiyatining dahshatli va ogohlantiruvchi manzarasini chizib beradi. Unda inqilob ruhi, sof sevgi, fidoyilik va adolat yo‘lidagi kurash uyg‘unlashib ketgan. „Evergard qo‘lyozmasi“ shaklida yozilgan ushbu matn mustabid tuzumning mohiyatini teran badiiy-falsafiy ruhda ochib beradi. Asar o‘quvchini chuqur mushohada yuritishga, atrofga ogohlik bilan nazar tashlashga va qat’iyatli bo‘lishga chorlaydi.

