Farzand – Yaratganning hissasi, uning kamol topishida ota-ona, ta’lim muassasalari, jamiyat muhim o‘rin tutadi. Ba'zilarning fikricha, bola kattalarning gaplashishiga va yelka qisib qo'yishiga ko'nikishi va o'z fikrlarini bildirmasligi kerak. Bunday soqov bolalar ulg‘ayganlarida jamiyatga nima berishi mumkin? Darhaqiqat, farzandi bilan kattalardek gaplashadigan, savollariga javob beradigan, mehr bilan tarbiyalayotgan ota-onalar bu harakatlari bilan haqiqiy insonni tarbiyalaydilar! Farzandlarni shaxs sifatida tarbiyalash ota-onalar va ta’lim tizimining maqsadiga aylansa, bizda erkin fikrlaydigan, har tomonlama yetuk, tom ma’noda shaxs sifatida shakllangan avlodlar yetishib chiqadi. Shunda jamiyat ham, Vatan ham bundan naf ko‘radi!

