Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945–1946 yillarda seriyali shaklda qisman nashr qilingan, 1951 yili alohida kitob bo‘lib chiqqan. Asar ko‘plab tillarga o‘girilgan.
Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild o‘smirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, maʼsumlik, asillik, o‘zlik, yo‘qotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib o‘tadi.

