Jannatdagi soyalar (Schatten im Paradies) - Erix Mariya Remarkning
1971-yilda yozuvchi vafotidan so'ng uning bevasi tomonidan nashr etilgan
romani. Tinch zamin izlab Amerika deb atalmish jannatga Yevropaning tur-
li burchaklaridan soyaday kirib kelgan qochqinlarning jamoaviy obrazlari
romanda qalamga olingan. Mehmonxona yuk tashuvchisi Vladimir Melikov,
keksa, g'ayrioddiy shifokor Grafenxaym, ipak va mo'yna savdosi bilan shu-
g'ullangan Frislander, qarshilik harakati jangchisi Kan, beg'ubor Karmen,
muhojirlarni joylashishiga yordam beradigan Betti, oliyjanob Ravik va alo-
hida tanishtirishga muhtoj bo'lmagan Robert Ross va dilovar Nataliya. Bir-
biriga butunlay o'xshamaydigan turfa qismat egalarini bitta umumiy xusu-
siyat bog'laydi - bir kun kelib uyga qaytish umidi. Hech shubhasiz, roman-
dagi fikr va istaklar, sarob va xotiralar, intilishlar va umidlar, g'amginlik va
yopishqoq qo'rquv qamrab olgan hayotning ritual manzaralarining o'zida
singdirgan do'stlik va sevgi kitobni o'qish jarayonida yuragingizga ko'chib
o'tsa ajab emas. Roman dunyoni ommaviy depressiya qamragan taqdirda
ham insonning ijobiy his-tuyg'ularni topish qobiliyati haqida tuganmas taj-
ribalari bilan sizni befarq qoldirmaydi.

