Sayyoramiz naqadar ulkan va go‘zal!
Samolyot oynasidan qaralganda u rang-barang, murakkab naqshlarga to‘la, sayohat qilgan sari esa kutilmagan joylar va hayratlanarli manzaralar bilan to‘lib-toshgan. Yangi-yangi maskanlarni kashf etib, sayohat qilishdan to‘xtamasangiz, Yer sizni yana va yana hayratga soladi.
Darhaqiqat, Yer - bu bizning uyimiz, bir vaqtning o‘zida ham tanish, ham sirli. Uning hali kam o‘rganilgan hududlari qancha sir va jumboqlarni yashirib turganini tasavvur qilish qiyin.
Ushbu ajoyib ensiklopediya - kashfiyotlarga chanqoq yosh tadqiqotchilar va o‘tkir zehn egalari uchun haqiqiy sovg‘a. U odatiy hodisalarga yangicha nigoh bilan qarashga, kundalik hayotda ham mo‘jizalarni ko‘ra bilishga o‘rgatadi, sayyoramiz va uning hayratlanarli kengliklari hamda aqlni lol qoldiruvchi hodisalari haqidagi eng qiziqarli savollarga javob beradi.
• Nega Yerning ayrim hududlari qattiq qurg‘oqchilikdan aziyat chekadi, boshqalari esa abadiy muz bilan qoplangan?
• Nega quyosh botganda osmon qizg‘ish-shaftoli ranglarga kiradi, ertalab esa moviy-yashil tusga ega bo‘ladi?
• Sharli chaqmoq nimadan iborat?
• Nega qutb tunlarida gipnoz qiluvchi yaltirash paydo bo‘ladi?
• Dovul shamollari ichida nimalarni uchratish mumkin?
Bu va boshqa ko‘plab savollarga E. G. Ananyeva va S. S. Mirnova tomonidan yaratilgan ushbu ajoyib nashr javob beradi.

