"Shunday qilib, o‘tmishga o‘tamiz! Endi siz variantlar fazosida o‘z harakatingizni ko‘rasiz. Siz vaqt davomida ham oldinga, ham orqaga sayohat qilishingiz mumkinligiga ishonch hosil qilasiz. Va bu fantastikachilar tasvirlagan sayohatga o‘xshamaydi. Biz siz bilan faqat haqiqiy narsalar bilan shug‘ullanamiz. Bu astraliya yoki tushlar makoniga chiqish bilan bog‘liq hiyla yoki tajriba bo‘lmaydi. Bir necha lahza davomida siz vaqt va makondagi harakatni his qilasiz. Amalda jarayon bitta oddiy harakat - uch elementdan iborat tranzaksiyadan iborat...""
O‘z maqsadlariga erishish yo‘lida atrofdagi olamga bosim o‘tkazish kerak emas. Olamning o‘zi quchoq ochib istiqboliga kelayotganini ko‘rasiz. Odamlar sizga nisbatan tushunarsiz xayrixohlikni his qiladilar. Maqsadlarga erishish uchun kuchli va o‘ziga ishongan bo‘lish shart emas. Boshqa, ancha samaraliroq muqobil variant bor. Koordinatsiya va freyling - bu omad doimo siz tomonda bo‘lishi uchun fikrlash va harakat qilishning oddiy usullari. Bu haqda Transserfingning III bosqichi.
Keng kitobxonlar ommasiga.

