Har bir inson tug‘ilib ulg‘aygach, o‘ziga halol sherik izlaydi, qalbida yangi do‘st qidiradi va hayotida yangi burilish yasaydi, masalan, oila qurish. Kitob oila qurmoqchi bo‘lgan obro‘li yigit-qizlarga, bo‘lajak ota va onalarga, bo‘lajak qaynona va qaynotalarga mo‘ljallangan. Yozuvchi o‘zi bilgan va o‘qigan barcha narsalarni, ustozlaridan o‘rganganlarini, hayotiy tajribasini “Kelin-kuyov tanlash san’ati” kitobida jamlagan.

