Zaytunli sovun
Barcha terilar uchun
Foydali xususiyatlari:
yuzdagi husnbuzarlarni yo‘qotadi;
terini yumshatadi;
charchoqni oladi;
asablarni tinchlantiradi;
tetiklashtiradi;
husnbuzardan keyingi dog‘larni yo‘qotadi.
Zaytun yog‘ining foydasini bilgan kishilar cho‘milganlaridan keyin badanlariga surtib dam olishadi. Zaytun yog‘ining narxi hammabop bo‘lmagani uchun hamma ham foydalana olmaydi.
Eslatma:
Sovundan foydalanganingizda me’yorini biling, ketma-ket yuvib ortiqcha quritib yubormang. Yuz terisidagi yog‘lar yuzda himoya qavati bo‘lib, me’yoridan ortiqcha yog‘sizlanib qolsa sezuvchanligi ortadi, natijada har xil bakteriyaga qarshi kurasha olmay qizarish, mayda toshmalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

