• Nomi: Egoni jim qildiring
• Muallif: Denni Gregori
• Janri: Psixologiya, o‘zini rivojlantirish, motivatsiya
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
Kitobning asosiy afzalligi — undagi amaliy yondashuv. Har bir bobda o‘quvchini ruhlantiradigan mashqlar va maslahatlar mavjud. Denni Gregori o‘quvchini ichki tanqidchi ovozini tan olishga va uni nazorat qilishga o‘rgatadi. Shuningdek, kitob o‘z-o‘zini past baholash, qo‘rquv va ikkilanishlardan qanday xalos bo‘lish mumkinligini ko‘rsatadi. Muallif o‘zining hayotiy tajribalariga tayangan holda o‘quvchiga aniq yo‘nalish beradi va kichik qadamlar orqali katta natijalarga erishish mumkinligini isbotlaydi. Bu kitob o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan, lekin ichki shubhalar tufayli ularni amalga oshira olmayotgan insonlar uchun ayni muddao.

