Qo‘lingizda "Asab va ruhiyat" kitobining navbatdagi nashri turibdi. Taniqli olim Zarifboy Ibodullayevning bu asari 10 yil ichida 5 marta nashr etildi. Bu asar har bir yurtdoshimizning qalbidan joy oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu kitob o‘tgan yili Turkiyada "Sinir ve ruhiyat" nomi bilan chop etilib, o‘zbek olimini turkiy dunyoga tanita boshladi. Olim kitobining 35 yillik shaxsiy kuzatishlari va kechinmalari asosida tayyorlangan, yangi mavzular bilan boyitilgan beshinchi nashri yurtimizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

