Farzandingizning nutqi ravon, tili biyron va diksiyasi mukammal bo‘lishini istaysizmi? O‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qiziqarli janrlaridan biri bo‘lgan, bolalar nutqini o‘stirishga mo‘ljallangan afsonaviy "Tez aytishlar" to‘plami aynan siz uchun!
"Zarchechak" turkumida chop etilgan ushbu kitob bog‘cha va maktab yoshidagi bolajonlarning so‘zlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (diksiyani to‘g‘rilash) ko‘nikmalarini shakllantiradi. Undan o‘rin olgan qiziqarli, quvnoq va chalkash so‘z birikmalari bolalarning xotirasini kuchaytiradi, mantiqiy fikrlashini o‘stiradi hamda ularni darsdan tashqari vaqtlarda qiziqarli o‘yinlar orqali mutolaaga jalb qiladi. Logopedik mashqlar va maktabga tayyorlov uchun eng ajoyib qo‘llanma!

