• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: oq
• Xatcho‘p Hadya
• Sahifalar 237
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Batafzil o'qing
Noriko - boshlovchi muxbir. O‘qishdan so‘ng u "Asaka Tayms" gazetasining bo‘limlaridan biriga yuborildi. Noriko o‘z reportajlarida jahon siyosati va iqtisodiyotining eng dolzarb muammolarini yoritishni istaydi, lekin buning uchun uning tajribasi va bilimi yetarmikan? Uning bevosita boshlig‘i Sekisan uni matematika yordamida siyosat va iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil qilishga o‘rgatishga qaror qildi.
Ushbu kitobni o‘qir ekansiz, siz Noriko bilan birgalikda differensial va integral hisoblash asoslarini o‘zlashtirasiz va bu bilimlar nafaqat murakkab ilmiy hisob-kitoblar uchun foydali bo‘lishini tushunasiz. Muallif hodisalar ehtimoli, iqtisodiyotda talab va taklif egri chiziqlari, atrof-muhitning ifloslanishi va hatto stakandagi spirtning tarqalish zichligi kabi real hayotdan misollar keltirib, hosila va integrallar hayotimizda yuzaga keladigan turli xil muammolarni chuqurroq tushunishga yordam berishini ko‘rsatadi.
O‘rganish davomida quyidagilarni bilib olasiz
hosila nima va uning yordamida funksiyaning o‘zgarish tezligini qanday aniqlash mumkin;
hosila va integral o‘zaro qanday bog‘langan;
murakkab funksiyalarni qanday integrallash va differensiallash mumkin;
xususiy hosilalar nima va ular yordamida bir necha o‘zgaruvchili funksiyalarning integrallari va hosilalarini qanday topish mumkin;
Teylor qatoriga yoyish yordamida analiz qilish qiyin bo‘lgan funksiyani darajali ko‘phad bilan almashtirish mumkin.
Kitob maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, matematikaga qiziquvchilar va ta’lim oson va qiziqarli bo‘lishini xohlovchilar uchun foydali bo‘ladi.

