Ushbu buklanadigan kiyim quritgich kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkam zanglamaydigan po‘lat trubalardan ishlab chiqarilgan. Konstruktsiyasi X-simon bo‘lib, yuqori barqarorlikni ta’minlaydi va og‘ir kiyimlarni ham bemalol ushlab turadi.
Yon tomondagi qanotli qismlar quritish maydonini kengaytiradi, bu esa bir vaqtning o‘zida ko‘proq kiyim ilishga imkon beradi. Plastik himoya elementlari polni tirnalishdan saqlaydi va sirpanishni oldini oladi.
Quritgich yengil buklanadi, kam joy egallaydi va foydalanilmayotganda qulay saqlanadi. Balkon, hammom, xonadon ichida yoki ochiq havoda ishlatish mumkin. Zangga chidamli bo‘lgani sababli uzoq muddat xizmat qiladi.

