Ushbu zanglamaydigan po'latdan ishlangan sovun idishi vannaxona va oshxonangiz uchun juda qulay va zamonaviy yechimdir. Maxsus mustahkam o'zi yopishadigan (samokleyka) ilmoq yordamida devorni teshmasdan va parmalamasdan osongina o'rnatiladi. Panjarali konstruksiyasi suvni ushlab turmaydi, bu esa sovunning bo'kib qolishini va erib ketishini oldini oladi. Zanglamaydigan po'latdan tayyorlangani sababli nam muhitda zanglamaydi, uzoq yillar xizmat qiladi hamda tozalash juda oson.

