Mashhur adib A. Rustamovning ushbu qo‘llanmasidan rus tili grammatikasining barcha bo‘limlariga - fonetika, so‘z yasash, orfografiya, gap bo‘laklari, gap turlari va punktuatsiyaga oid maʼlumotlar o‘rin olgan.
Grammatika qoidalariga qiziqarli va foydali ilovalar qo‘shilgan bo‘lib, ularda rus tiliga taalluqli ko‘plab savollarga javoblar topish mumkin. Ushbu kitob rus tilini o‘rganuvchi va rus tilida savodxonligini oshiruvchilarga foydali bo‘ladi.
Mazkur nashrda rus tili grammatikasiga oid barcha kerakli qoidalar: fonetika, so‘zlarning yasalishi, gap bo‘laklari va punktuatsiyaga oid maʼlumotlar jamlangan.
O‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun qiyin so‘zlarning turlanishi va istisnoli so‘zlar, istisnoli feʼllarning tuslanishi, har xil tuslanuvchi feʼllar, murakkab sonlar, murakkab sanoq sonlarning to‘g‘ri yozilishi bo‘yicha to‘liq jadvallar berilgan.
Shuningdek barqaror qiyosiy birikmalar, masalan, vergulsiz yoziladigan birikmalar, murakkab bog‘lovchilar va bog‘lovchili so‘zlar, kirish so‘z va jumlalarning ro‘yxatlari o‘rin olgan.

