Zamonaviy va nafis dizayndagi tryumo yotoqxona, kiyinish xonasi yoki makiyaj burchagi uchun juda qulay.
Oq rangdagi korpus va tilla rangli richkalar tryumoga chiroyli va premium ko‘rinish beradi. Keng stol usti kosmetika, parfyumeriya va boshqa buyumlarni joylashtirish uchun qulay. Tortma va shkafchalari buyumlarni tartibli saqlash imkonini beradi.
Katta arka shaklidagi oyna orqa tomonidan LED podsvetka bilan bezatilgan. Yorug‘ligi xonaga chiroyli va yoqimli muhit beradi.
O‘lchamlari: • Stol balandligi — 80 sm • Stol kengligi — 130 sm • Stol chuqurligi — 40 sm • Oyna balandligi — 160 sm • Oyna kengligi — 80 sm • Rang — oq • Richkalari — tilla rang • Oyna — LED podsvetkali

