Ushbu yozuv stoli har qanday xonaga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, siz uni bolalar xonasida dars qilish uchun, yotoqxonada kosmetika stoli sifatida, yoki kabinetda ish stoli sifatida bemalol ishlatishingiz mumkin. Agar siz kichik o‘lchamli, lekin amaliy va keng imkoniyatlarga ega mebel izlayotgan bo‘lsangiz — bu model aynan siz uchun!
Asosiy xususiyatlari:
- Yashiklar: hujjatlar, daftarlar va boshqa zarur buyumlarni tartibli saqlash uchun.
- Yon javonlar: kitoblar, papkalar yoki kichik idishlar uchun qo‘shimcha joy.
- Ko‘p maqsadli foydalanish: kompyuter stoli, kosmetik stoli, manikyur stoli yoki oddiy uy ishlari uchun.
- Ergonomik dizayn: tana holatini to‘g‘ri ushlab turishda yordam beradi, ayniqsa bolalar uchun foydali.
- Material: yuqori sifatli, ekologik xavfsiz LDSP (laminatlangan DSP), uzoq xizmat muddati bilan.
- Oson yig‘ish: maxsus asboblarsiz yig‘iladi — faqat oddiy otvёrtka va to‘plamdagi kalit kifoya. Barcha qismlar va aniq yo‘riqnoma kiritilgan.

