• Sahifalar soni: 224
Ushbu kitob «Zamonaviy kimyo asoslari» nomli o‘quv qo‘llanma «Umumiy kimyo» bo‘limini o‘z ichiga oladi. U O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan kimyo adabiyotlaridagi barcha ma’lumotlarni, shuningdek, internetning ochiq manbalaridagi qimmatli ma’lumotlarni qamrab oladi. «Zamonaviy kimyo asoslari» o‘quv qo‘llanmasida moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning o‘zgarishlarini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy kimyo kimyoviy jarayonlarning asosiy qonuniyatlarini, moddalarning atom-molekulyar tuzilishini, kimyoviy bog‘lanishlar, reaksiyalar mexanizmlari, termodinamika va kinetika kabi muhim tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, uni milliy oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish paytida foydalanish mumkin. Ushbu qo’llanmada 250 dan ortiq savollar o‘tilgan mavzularni chuqur o‘rganish va mustahkamlash imkoniyatini beradi. Ushbu qo‘llanmada mavzular soddadan murakkab tomon keltirilgan bo‘lib, keng doiradagi o‘quvchilar, umumta’lim maktablari, akademik litseylar talabalari, abituriyentlar, shuningdek, kimyo fani o‘qituvchilari va repetitorlar uchun mo‘ljallangan.

