Rene Genon sharq va g‘arb munosabatlari tarixini chuqur o‘rgangan mutafakkirdir. U mazkur asarida ikkala hududning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlar asosini topishga harakat qiladi, kelajakda odamzodni kutayotgan turli falokatlar haqida ogohlantirmoqchi bo‘ladi. Ushbu kitob soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

