Ushbu kitob Quvayt davlatida chop etilgan «Zakot, sadaqalar, nazrlar va kafforotlarning hukmlari va fatvolari» nomli kitobning tarjimasi bo‘lib, unda dinimizda buyurilgan moliyaviy ibodatlarni to‘g‘ri va to‘liq ado qilish masalalari, ijtimoiy tenglikni ta’minlash, kam ta’minlanganlarga moliyaviy yordam berish kabi mavzular yoritilgan, zakot, sadaqa va xayr-ehsonlarga oid ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarning zamonaviy yechimlari ilmiy asosda yoritib berilgan.

