Biz ko‘pincha boshqa odamlarga hayotimizni boshqarishga yo‘l qo‘yib beramiz va shu bilan birga, ozgina narsaga qanoat qilib yashaymiz.
Vaholanki, aslida har birimizda g‘olib bo‘lish imkoniyati va huquqi bor.
Har bir bo‘lim oxirida siz olingan ma’lumotlarni darhol amalda sinab ko‘rish imkonini beruvchi mashqlar jamlangan amaliy qismni topasiz. Bor-yo‘g‘i bir oydan keyin hayotingiz va dunyoqarashingiz butunlay o‘zgarganini quvonch bilan sezasiz.
Bodo Shefer sizga g‘oliblarning 30 ta sinalgan qonunini ixcham, tushunarli va qiziqarli shaklda taqdim etadi. Kitobda eng ulug‘vor maqsadlaringizga erishishingizga yordam beradigan eng muhim strategiyalar bayon etilgan.
G‘oliblar qonunlari sizga quyidagilarda yordam beradi:
● hayotingizni o‘zingiz boshqarishni o‘rganish;
● atrofdagilarning tanqidiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish;
● o‘zingizdan qoniqmaslik hissini muvaffaqiyatga erishish stimuliga (turtkisiga) aylantirish;
● ko‘proq pul ishlab topish;
● haqiqiy e’tirofga erishish.
Oldingizga maqsad qo‘ying. Endi — g‘oliblar qonunlari yordamida — siz uni hayotga tatbiq eta olasiz.
Erix Sikst, «Sixt AG»
Bu kitobni ovoz chiqarib o‘qish va oilada muhokama qilish kerak. U jamiyatimizda deyarli yo‘qolib borayotgan qadriyatlarni o‘rgatadi.
Iohannes Chvalina, biznes-maslahatchi

