Ushbu risolada salomlashishning jamiyat hayotidagi ahamiyatini oyat va hadislar asosida yoritib berish bilan birga, xalqning birdamligi, ahilligi, hamjihatligi o‘zaro munosabatlari shakllanishida salomlashishning alohida o‘rni borligi taʼkidlanadi. Muallif yoshlarga shunday milliy qadriyatimizni singdirishda keksalarning boy hayotiy tajribasiga suyanish lozimligini uqtiradi.
Zero, keksalarning oltin o‘gitlariga amal qilib yashash turmush farovonligimiz va tinch-osoyishta hayotimiz garovidir.

