Kitobning asosiy vazifasi — o‘yin shaklida bolaning mayda motorikasini rivojlantirish va dunyoqarashini kengaytirishdir. Kichkintoy kitob bilan ham mustaqil (yozuvlar, bo‘yash), ham ota-onasi bilan birgalikda (topshiriqlarni bajarish va topishmoqlarni yechish) ishlashi mumkin. Topshiriqlarni oddiy qalam bilan bajarish, bo‘yash uchun esa rangli qalamlardan foydalanish lozim.
Har bir sahifa yozuv elementlarini, rivojlantiruvchi o‘yin topshiriqlarini, bo‘yash uchun rasmni, shuningdek, natijasini bajargandan so‘ng oxirgi sahifaga, ko‘rsatilgan katakka o‘tkazish kerak bo‘lgan uzluksiz topshiriq elementini o‘z ichiga oladi. Natijada bolada mashina rasmi hosil bo‘ladi.
Kompleks qo‘llanma 3-5 yoshli bolalar, ularning ota-onalari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kichkintoylarning grafik ko‘nikmalarini, mantiqini va intellektini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

