Intrigioning shinam saroyiga xush kelibsiz!
Yarim tunda ularning pochta qutisiga noodatiy qizil konvert tushadi. Bu safar Intrigiolar oilasi janob Rebusning qo‘rg‘oniga taklif qilindi. Ulardan tashqari, u yerga MI-6 ning sobiq maxfiy agenti, matras firmasi yutuqli o‘yini g‘olibi, rossiyalik yolg‘on ustasi va amerikalik agent ham to‘plangan edi.
Kutilmagan jinoyat, maxfiy tuzoqlar va ko‘plab kalitlar Intrigio oilasiga sirli janob Rebusning shaxsiyati sirini ochishga yordam beradi.
Mashhur "Detektiv mushuklar" turkumi muallifi Alessandro Gatti va "Uliss Murning sirli kundaliklari" jahon bestselleri muallifi Pierdomenico Baccalarioning qiziqarli detektivi.

