"Zafar darvozasi" - bu hech narsaga qaramay yurakda hislar bo'-
ronini uyg'otgan, azob-uqubat keltiradigan va shu bilan birga cheksiz
quvonch baxsh etadigan o'tkir sevgi hikoyasi.
Voqealar Parijda Ikkinchi jahon urushi arafasida bo'lib o'tadi. Qah-
ramon Ravik Germaniyadan kelgan qochqin, hujjatsiz, ham fransuz
mirshablaridan, ham natsistlardan yashiringan, insoniylikni saqlab
qolgan jarroh. Uning shu shaharda tuyqusdan tanishib qolgan sevgilisi
Joan atrofida doim kimlardir girgitton bo'lib yuradigan, barcha san'at-
korlar kabi jahldor, go'zal va chidab bo'lmas italiyalik aktrisa. Sevish-
ganlar uchrashish imkoniyatiga ega bo'lgan vaqt ham, yaqinlashib kela-
yotgan falokat tuyg'usi bilan singib ketgan shahar ham mazkur roman
qahramoniga evrilgan...
"Zafar darvozasi" ikki marta suratga olinib ekranlashtirilgan. Kitob
butun dunyo o'quvchilarini hamon o'ziga rom etishda davom etmoqda.

