
• Terni muloyim tozalaydi va chuqur namlaydi
• Aloe vera ekstrakti terini tinchlantiradi
• Qizarish va yallig‘lanishni kamaytiradi
• Teshiklarni tozalab, ularni toraytiradi
• Kundalik foydalanish uchun mos
Aloe Vera yuz uchun ko‘pik (foam cleanser) — terini chuqur tozalash, namlash va tinchlantirish uchun mo‘ljallangan samarali vosita. Aloe vera ekstrakti terini oziqlantiradi, qizarish va tirnashni kamaytiradi hamda terining tabiiy balansini tiklashga yordam beradi 🌿
Ko‘pik teri yuzasidagi kir, yog‘ va makiyaj qoldiqlarini muloyim tarzda olib tashlaydi, teshiklarni tozalaydi va ularni tiqilib qolishdan saqlaydi. Muntazam foydalanilganda teri yanada silliq, toza va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi ✨
Yengil formulasi tufayli barcha teri turlari uchun mos — ayniqsa sezgir va quruq teri uchun juda foydali.

