Dr. Cellio Moisture Collagen Foam Cleansing kollagenli namlantiruvchi yuz yuvish penkasi — bu terini pardoz qoldiqlaridan, ortiqcha yog' va kir aralashmalaridan yumshoq hamda chuqur tozalash uchun mo'ljallangan koreys kosmetika mahsulotidir. Gidrolizlangan kollagen terining qayishqoqligini va elastikligini oshiradi, yuvishdan keyin teringizda quruqlik va tortishish hissini qoldirmaydi. Boy ko'pik hosil qilib, terini tetiklashtiradi hamda unga soflik bag'ishlaydi.

