Yuz yuvish uchun guruch fermentlari va ceramidli enzim pudra Anua Rice + Ceramide (40 g)
Terini muloyim tozalash, o‘lik hujayralarni olib tashlash va yuzga tabiiy yorqinlik bag‘ishlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy enzim pudra. Suv bilan aralashganda yengil ko‘pik hosil qilib, terini quritmasdan va ta’sirlantirmasdan chuqur tozalaydi. Barcha turdagi, jumladan sezgir teri uchun ham mos keladi.
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
- Guruch fermentlari: Terining ustki qavatini muloyimlik bilan yangilaydi, o‘lik hujayralardan tozalaydi va teri yuzasini silliqlaydi.
- Teshiklarni (poralarni) chuqur tozalash: Yog‘ tiqilmalarini (sallniy probka) eritib, qora nuqtalar ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi.
- Ceramide NP (Tseramidlar): Terining tabiiy himoya baryerini tiklaydi, yuvinishdan so‘ng quruqlik va tortishish hissini oldini oladi.
- Oqartirish va tonus: Yuz rangini tenglashtiradi, teriga sog‘lom charaqash va tazelik bag‘ishlaydi.
- Gipoallergen tarkib: Qichishish va ta’sirlanish hosil qilmaydi, dermatologik sinovdan o‘tgan.
Qo‘llash usuli:
- Kaftingizga ozgina miqdorda pudra to‘king.
- Bir oz iliq suv qo‘shib, ko‘pik hosil bo‘lguncha ishqalang.
- Hosil bo‘lgan ko‘pikni yuzingizga surting va yengil uqalash harakatlari bilan tozalang.
- Suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Hajmi: 40 g / 1.41 oz