• Yuz uchun penka
• Oqartiruvchi penka
• Chuqur tozalash
Cho‘tkali yuz yuvish penkasi terini chuqur va samarali tozalash uchun mo‘ljallangan zamonaviy parvarish vositasidir. Tarkibidagi aloe ekstrakti terini muloyim tozalab, oziqlantiradi va namlaydi. Maxsus yumshoq silikon cho‘tkasi yordamida teshikchalar ichidagi kir, yog‘ va qora nuqtalar osonlik bilan tozalanadi.
Penka terini quritmaydi, aksincha uni silliq, tiniq va yorqin holatda saqlashga yordam beradi. Oqartiruvchi, yangilovchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Kundalik foydalanish uchun mos bo‘lib, barcha teri turlariga, jumladan sezgir teriga ham to‘g‘ri keladi. Yuzingizni muntazam tozalab, sog‘lom va parvarishlangan ko‘rinishga keltiradi.


