Teri rangiga qarab, yuzni chiroyli va sog‘lom qiladigan tonal kremni tanlash kerak. Agar teri rangi och pushti bo‘lsa, och jigarrang, agar teri rangi sariq bo‘lsa, och jigarrang-pushti rang tanlanadi. Qoramtir teri uchun to‘q jigarrang tus juda mos keladi. Yetuk, ya’ni keksa teri uchun ko‘taruvchi ta’sirga ega bo‘lgan kremlarni tanlagan ma’qul. Bunday kremlar tarkibida antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular nafaqat qarish belgilarini yashiradi, balki atrof-muhit ta’siridan himoya qiladi va namlaydi. Quruq teri har qanday ob-havoda qo‘shimcha namlanishga muhtoj. Shu sababli quruq yuz terisi uchun tarkibida terini namlantiruvchi moddalar (aloe, gialuron kislotasi) bo‘lgan tonal vositalar mos keladi.Yog‘li yuz terisi uchun yengil va yaltiramaydigan krem-upalardan foydalangan ma’qul.

