Lipikar AP+M Balzami — quruq va atopiyaga moyil teri uchun uch karra ta’sirga ega takomillashtirilgan formula.
Lipikar AP+M uch karra tiklovchi balzam terini darhol namlaydi va tinchlantiradi, qichishish va tirnashni kamaytirishga yordam beradi, chuqur oziqlantiradi va uzoq muddat davomida terini nam holda saqlaydi hamda himoya qatlamini tiklaydi.
Natijasi:
- Quruq terini tezda tinchlantiradi, 24 soat davomida qichishish va tirnashni kamaytiradi.
- Haddan tashqari quruqlikning kuchayish oralig‘ini uzaytiradi.
- Chaqaloqlar, bolalar va kattalar uchun mos.
Faol komponentlar:
- Aqua Posae Filiformis + Microresyl — teri mikrobiomini tartibga soladi, foydali bakteriyalarni saqlaydi va infektsiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi zararli bakteriyalar (stafilokokklar) ko‘payishining oldini oladi. Tabiiy himoya funksiyasini mustahkamlashga yordam beradi.
- Karite (Shea) moyi — teri tuzilishiga mos, lipidlarni tiklaydi, quruqlik va taranglik hissini kamaytiradi.
- Niasinamid — qichishishni kamaytiradi, terining himoya qobiliyatini pasayishdan himoya qiladi, bakteriyalar kirishiga to‘sqinlik qiladi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
- Тermal suvi — terini yumshatadi, himoya qatlamini mustahkamlaydi va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘llash uchun tavsiyalar:
- Juda quruq, sezgir, qichishish va tirnashga moyil teri.
- Atopik dermatit va allergik reaksiyalarga moyil teri.
- Chaqaloqlar, bolalar va kattalar uchun mos.
Qo‘llash usuli:
Balzamni kuniga bir marta yuz va/ yoki tana terisiga surting.
Yuvinish vaqtida Lipikar Syndet AP+ yumshoq lipid tiklovchi gel yoki Lipikar AP+ Oil yuvinish uchun yumshatuvchi yog‘dan foydalanish tavsiya etiladi.
Kun davomida qichishish va tirnash paydo bo‘lgan joylarga Lipikar AP+ stik ni lokal tarzda surting.


