
Terini parvarish qilish jarayonida "uch soniya qoidasi" mavjud - bu terini tozalashdan so‘ng namlik darajasi pasayishidan oldin uni namlik bilan to‘ldirishga ulgurish uchun eng maqbul vaqtdir.
"Uch soniyada namlanish" yuz kremi-starteri - teringizni bir zumda hayotbaxsh namlik va quvvat bilan to‘ldiradigan noyob vositadir. Faol komponentlar majmuasi (betain, allantoin, kivi ekstrakti, Wildberry Harvest):
· terini suvsizlanish va namlikni yo‘qotishdan saqlaydi
· kun davomida teridagi namlikni ushlab turadigan himoya to‘sig‘ini hosil qiladi
· tetiklashtiradi, tinchlantiradi, qizarishlarni yo‘qotadi
· teriga taranglik hissisiz yangilik baxsh etadi

