Qizarish, quruqlik va teridagi yoqimsiz achishishni tezda yoʻqotish uchun yaratilgan toʻyimli krem. Tarkibidagi PDRN va peptidlar terining tezroq yangilanishiga yordam beradi, himoya qatlamini mustahkamlaydi va yuzda ogʻirlik qilmasdan chuqur oziqlantiradi.
Teksturasi: Teriga tegishi bilan mayin erib ketadigan yumshoq krem. Yuzni darrov yumshatadi, yopishqoq iz qoldirmaydi va terini yoqimli namlantiradi.
Tarkibi: PDRN, 9 xil peptid, tseramidlar va Madagaskar sentellasining kuchli jamlanmasi shikastlangan joylarni tezda tiklaydi, teri tortishishini yoʻqotadi va quruqlikdan asraydi.
Sodium DNA (PDRN 1.5%): hujayralar yangilanishini tezlashtiradi, shikastlangan terini tiklaydi va unga taranglikni qaytaradi.
9 xil peptid majmuasi: terining himoya qatlamini mustahkamlaydi, zichligini oshiradi va silliq boʻlishiga yordam beradi.
Osiyo sentellasi ekstrakti va madekassosid: terini darhol tinchlantiradi, qizarish va taʼsirlanishni yoʻqotadi.
Tseramidlar NP, skvalan va jojoba yogʻi: terining tabiiy himoya qatlamini tiklaydi, namlikni ichkarida saqlab qoladi hamda quruqlik va poʻst tashlashni yoʻqotadi.
Pantenol, allantoin va gialuron kislotasi: terini chuqur namlantiradi va mayin qiladi.
1) Ertalab va kechqurun yuzingizni tozalab, toner yoki sivorotka surtganingizdan soʻng, ozgina krem olib yuzingizga barmoq uchlari bilan yengil tarqatib surting.
2) Agar teringiz juda quruq yoki taʼsirlangan boʻlsa, oʻsha joylarga yana bir yupqa qatlam surtib qoʻyishingiz mumkin — shunda noqulaylik tezroq oʻtib ketadi.

