SelfieLab YOUNG SOS yuz geli, 15 g
Vaqt barcha jarohatlarga davo, deyishadi. Ammo vaqtingiz kam bo‘lsa-chi? Bunday vaziyatda sizga bizning "maxfiy agent"imiz — SelfieLab YOUNG SOS geli yordamga keladi. Belarusning SelfieLab brendi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu vosita tarkibida yashil choy ekstrakti, salitsil kislotasi va efir moylari mavjud. Yashil choy ekstrakti hamda choy daraxti, yalpiz va lavanda moylari kabi kuchli faol moddalar yallig‘lanish, qizarish va ta’sirlanishni tezda bartaraf etadi. Bularning barchasi terining noxush tarzda po‘st tashlashi yoki qurib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda amalga oshiriladi. Kutmang — vaqt o‘tib bormoqda.
SLS va SLESsiz, parabensiz, silikonsiz, mineral moysiz, spirtsiz. bo‘yoqsiz.

